Jahon | 15:55 / 24.05.2020
18261
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirovning betobligi haqidagi xabarlar rad etildi

Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov Ramzon Qodirovning betobligi haqida tarqalayotgan axborotni rad etdi.

Foto: Said Tsarnayev / RIA Novosti

“Har xil gaplar yuripti, nimalar deyishmayapti. Respublikamiz rahbari Ramzon Qodirov sog‘-salomat, u haqida gapirilayotgani va yozilayotgani yolg‘on”, deb aytgan Daudov Instagram’ akkauntida.  

Uning aytishicha, “bir guruh odamlar istayotgan narsasini bordek qilib ko‘rsatish maqsadida turli mish-mishlar tarqatmoqda”. “Ular nimani istashayotgan bo‘lsa shu haqda, qandaydir kasallik, foizlarni yozishmoqda, bularning bari yolg‘on. Men xalq bu mish-mishlardan xavotirga tushganini bilaman va sizni xotirjam qilmoqchiman: hammasi joyida”, deb ta'kidlab o‘tgan Daudov. 

Bundan tashqari, Chechenistonning sog‘liqni saqlash vaziri Elxan Suleymanov va “Grozniy” telekanali direktori Ahmad Dudayevda ham koronavirus aniqlangani haqidagi gaplar haqiqatga mos emas.

Avvalroq Rossiyaning bir qator OAVlari Ramzon Qodirov koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligini, shu sababli 21 may kechqurun Moskvaga davolanish uchun yetkazilganini ma'lum qilgan. Qodirovning matbuot xizmatida hanuzgacha uning salomatligi bo‘yicha rasmiy izohlar berilmay kelinayotgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid