Jahon | 01:07 / 24.05.2020
6918
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Erdo‘g‘an Liviya hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Ikki davlat rahbarlari shuningdek, koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatish masalasini muhokama qilgan.

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqotida Suriya hamda Liviyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Jadd Dir Twitter sahifasida ma'lum qildi.

"Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va ikki tomonlama muhim masalalarni muhokama qildi. Prezident Tramp yana bir bor Liviyadagi xorijiy aralashuv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganidan tashvish bildirdi. Prezident Tramp va prezident Erdo‘g‘an Suriyadagi nizoning siyosiy barqarorlashuvi hamda butun mamlakatga gumanitar yordam to‘siqsiz bo‘lishi zarurligini tasdiqladi", - deya qayd etdi Dir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatish masalasini muhokama qilgan.

Erdo‘g‘an mart oyi boshida Suriyaning Idlib viloyatidagi harbiy harakatlar uchun Trampdan qurol-yarog‘ so‘ragandi. Turkiya 27 yanvarda ushbu mamlakat hududida harbiy operatsiya boshlagan. AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri Vashington Anqaraga qurol-yarog‘ yetkazib berishga tayyorligini aytgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid