Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar 70dan ortiq mahbusni ozodlikka chiqarilganini ma'lum qildi
“Tolibon” o‘tgan haftada Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qilgandi.
“Tolibon” harakati 70dan ortiq mahbusni ozodlikka chiqardi. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shahinga tayanib Tolo News telekanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, toliblar Balx, Qunduz, Logar, Paktiya, Xost va Paktika viloyatlarida 73 nafar mahbusni ozod qilgan. Shahinning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon" ozodlikka chiqargan mahbuslar soni 420 nafarga yetgan.
Avvalroq Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi vakili Javid Faysal “Tolibon” delegatsiyasi Afg‘oniston hukumatining texnik guruhi bilan ikki tomondan mahbuslarni ozod qilish masalalari borasida kelishib olish uchun Kobulga kelganini ma'lum qilgandi.
“Tolibon” o‘tgan haftada Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qilgandi.
Buning ertasiga Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning sulh e'lon qilishiga javoban qamoqxonalardan 2 mingga yaqin tolibni ozod qilish to‘g‘risida farmoyish berdi.
Mavzuga oid
11:30
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026