Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng badavlat kishisi bir haftada 8,1 mlrd dollarga boyidi
Do‘konlar yopilishi va iste'molchilar faolligining pasayishiga olib kelgan pandemiya sababli Bernar Arnoning boyligi 100 mlrd dollardan kamayib ketgandi.
Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arnoning boyligi yetti kun ichida 8,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Arnoning boyligi miqdori 28 may kuni 103,4 mlrd dollarga yetdi. Uning boyligi o‘sishiga Yevroittifoqning 750 mln yevrolik rag‘batlantiruvchi choralar haqida e'lon qilgani ham qisman sabab bo‘ldi, deya qayd etadi nashr. Ushbu xabardan keyin Yevropa bozorida o‘sish kuzatilgan. LVMH xoldingi aksiyalari yetti kun ichida 8 foizga qimmatlashgan.
Bernar Arno yanvarda dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida bir necha marta birinchi o‘rinni egallagan, LVMH aksiyalar eng qimmatlagan davrda uning boyligi 117 mlrd dollarni tashkil etgandi. Ammo do‘konlar yopilishi va iste'molchilar faolligining pasayishiga olib kelgan pandemiya sababli Arnoning boyligi 100 mlrd dollardan kamayib ketdi.
Cheklovlarning olib tashlanishi ortidan Yevropadagi boshqa kompaniyalar aksiyalari ham qimmatlay boshladi. Zara brendiga egalik qiluvchi Ispaniyaning Inditex kompaniyasi egasi Amansio Ortega boyligi bir haftada keskin ko‘paygan milliarderlar ro‘yxatida ikkinchi bo‘ldi. Inditex aksiyalari narxi o‘tgan haftadagiga nisbatan qariyb 10 foizga ko‘tarildi.
Boyligi bir hafta ichida ko‘paygan millarderlar ro‘yxatining eng yuqori o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Bernar Arno — 103,4 mlrd dollar (o‘sish 8,1 mlrd)
2. Amansio Ortega — 65,7 mlrd (o‘sish na 4,9 mlrd)
3. Uorren Baffet — 72,8 mlrd (o‘sish 3,9 mlrd)
4. Franusa Pino — 35,6 mlrd (o‘sish 3,2 mlrd)
5. Fransuaza Betankur-Mayyers — 57,2 mlrd (o‘sish 3 mlrd)
6. Tadasi Yanai — 26,9 mlrd (o‘sish 2,8 mlrd)
7. Takemitsu Takizaki — 24,1 mlrd (o‘sish 2,3 mlrd)
8. Leonardo Del Vekkio — 20,2 mlrd (o‘sish 1,8 mlrd)
9. Karlos Slim — 52,9 mlrd (o‘sish 1,8 mlrd)
10. Xorxe Paulo Lemann — 15 mlrd (o‘sish 1,7 mlrd)
Mavzuga oid
00:27 / 12.10.2024
Britaniyada dunyodagi eng badavlat insonlardan birining pochta manzili tasodifan e’lon qilib yuborildi
22:40 / 29.12.2023
2023 yilda eng badavlat 500 kishining umumiy boyligi 1,5 trillion dollarga o‘sdi
10:07 / 05.04.2023
Forbes: Bernar Arno dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchiga aylandi
18:05 / 02.02.2023