Bloomberg dunyo milliarderlarining yangilangan röyxatini e’lon qildi.
Naşr talqiniga köra, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno 191 mlrd dollar bilan reytingda birinçi örinni egallagan. Uning boyligi hisobot davrida 29 mlrd dollarga köpaygan.
Ikkinçi örinni SpaceX asosçisi va Tesla boş direktori Ilon Mask band etgan. Maskning boyligi 169 mlrd dollarni taşkil etgan.
Amazon asosçisi Jyeff Bezos esa 129 mlrd dollarlik boyligi bilan uçinçi örindan joy oldi. Uning boyligi ötgan davr mobaynida 8 mlrd dollarga oşgan.
Bloomberg talqiniga köra, Top-10 milliarderlar
- Bernar Arno, Fransiya, 191 mlrd dollar, LVMH
- Ilon Mask, AQŞ, 169 mlrd dollar, Tesla, SpaceX
- Jyeff Bezos, AQŞ, 129 mlrd dollar, Amazon
- Bill Geyts, AQŞ, 113 mlrd dollar, Microsoft
- Uorren Baffet, AQŞ, 108 mlrd dollar, Berkshire Hathaway
- Larri Ellison, AQŞ, 103 mlrd dollar, Oracle
- Larri Peyj, AQŞ, 92,7 mlrd dollar, Google
- Stib Balmer, AQŞ, 90,2 mlrd dollar, Microsoft
- Sergey Brin, AQŞ, 89,1 mlrd dollar, Google
- Karlos Slim, Meksika, 85,7 mlrd dollar, Grupo Carso
Şuningdek, Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov uşbu röyxatda 81-örinda qayd etilgan. Uning boyligi yil davomida 1,26 mlrd dollarga köpayib, 19,7 mlrd dollarga yetgan.









