Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus tarqalishini to‘xtatishda misni qo‘llash taklif qilindi
Sauthempton universitetining yetakchi mikrobiologi Uilyam Kivil koronavirus tarqalishini to‘xtatishda misni qo‘llashni taklif qildi.
Mutaxassis barcha eshik dastaklari, jamoat transportidagi tutqichlar, supermarketlardagi aravachalar, sportzallardagi trenajyorlar qismlarini mis bilan qoplashga chaqirmoqda. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, mis zararsizlantiruvchi xususiyatlarga ega. Taqqoslash uchun shuni keltirish mumkinki, koronavirus plastik va po‘latda 3 kungacha yashaydi, misda esa 4 soat ichida o‘ladi.
Ma'lumki, agar koronavirusga chalingan kishi biror buyumga tegsa, ushbu buyumda virus qolishi mumkin. Virus buyumga tekkan keyingi kishiga o‘tishi, u esa qo‘li bilan yuziga tegsa, koronavirusga chalinishi mumkin, chunki virus ko‘z, burun va og‘iz orqali organizmga oson tushadi. Virus misga tushganda ushbu metall ionlari virusning himoya qatlami - lipid membranasiga (yog‘li tashqi qatlami) hujum qiladi. So‘ngra ionlar virus ichiga kirib, uning DNKsini yo‘q qiladi.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
14:16 / 25.02.2026