Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda o‘zini madaniyatsiz tutish taqiqlab qo‘yildi
Xitoy poytaxti Pekinda 29 banddan iborat “o‘zini madaniyatli tutish qoidalari” kuchga kirdi. Qoidalar aholining o‘zini tutishi va odatlarini tuzatishga qaratilgan bir qator cheklovlarni nazarda tutadi.
Jumladan, endilikda jamoat joylarida tuflash, oynalardan chiqindilarni uloqtirish, metro vagonida ovqat yeyish, itni tasmasiz aylantirib yurish, taqiqlangan joylarda chekish, devorlarda graffiti chizish va e'lonlar yopishtirish, ko‘chada baqirish, mijozlarni ovoz kuchaytiruvchi karnaylar yordamida chaqirish, gazonni toptash va daraxtlarni sindirish, internetda boshqalarning shaxsiy ma'lumotlarini, mish-mishlar va beadab kontent tarqatish, telefon raqamlariga spam jo‘natish, kechki payt uyni ta'mirlash, jamoat transportida bo‘sh o‘rindiqni birinchi bo‘lib egallashga harakat qilish va yana boshqa xunuk odatlar taqiqlanadi.
Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi, “o‘zini yaxshi tutish va jasorat ko‘rsatish” esa aksincha rag‘batlantiriladi. Aksariyat qoidabuzaliklar uchun jarima 50 yuandan 200 yuangachani tashkil qiladi. Oynalardan chiqindilarni tashlaganlik uchun jarima esa 500 yuangacha yetishi mumkin.
Bundan tashqari, qoidabuzarliklar fuqaroning ijtimoiy reytingiga ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu reyting ballar tizimi bo‘lib, ballar qanchalik ko‘p bo‘lsa, fuqarolar shunchalik ko‘p ijtimoiy imtiyozlar oladilar va aksincha, qancha kam bo‘lsa, ularni shunchalik ko‘p yo‘qotadilar. O‘zini yaxshi tutganlik uchun bonuslar beriladi.
Ushbu qoidalar Pekin aholisining o‘zini tutishini yaxshilashga qaratilgan katta ko‘lamli kampaniya bilan birgalikda tatbiq qilinmoqda. 2001 yildan Xitoy poytaxtida “o‘zini madaniyatli tutish bo‘yicha gidlar jamoasi” harakat qilib, u 9 mingga yaqin a'zodan iborat. Gidlarning vazifasi aholi e'tiboriga o‘zini madaniyatli tutish qoidalarini yetkazish va mahalliy hokimiyatga bu qoidalarni tatbiq qilishda yordam berishdan iborat.
Mavzuga oid
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
12:19 / 20.05.2026