Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil» hududlarda masjidlar faqat 8 iyundan ochilishi mumkin
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonning «yashil» toifadagi hududlarida 5 iyun kunidan masjidlarda namoz o‘qishga ruxsat berilishi haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, diniy tashkilotlar faoliyati 8 iyundan faqatgina «yashil» hududlarda tiklanadi. 5-8 iyun kunlari esa sanitariya tayyorgarligi ko‘riladi.
Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, fuqarolarning kasallikni noma'lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.
Bundan oldinroq Respublika maxsus komissiyaning 4 iyunga o‘tar kechasi e'lon qilingan yangi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda 5 iyundan boshlab faqat «yashil» toifadagi hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026