Unga asosan, 2020 yil 5 iyundan boşlab quyidagilarga ruxsat beriladi.

«Sariq» hududlarda:

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boşqa dam oliş maskanlari va joylaştiriş vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);
  • uy mehmonxonalari va soliq organlarida röyxatdan ötgan dala hovlilar (daçalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat körsatiş uçun);
  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boşqa dam oliş maskanlarida joylaşgan hamda oçiq havoda xizmat körsatuvçi umumiy ovqatlaniş obektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) faoliyatiga.

«Yaşil» hududlarda «sariq» hududlarga qöşimça ravişda:

  • individual şuğullaniş uçun trenajyer zallari va basseynlar faoliyatiga. Bunda trenajyer zallari va basseynlar obektlarining doimiy ravişda dezinfeksiya qilinişi, ularning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi, ijtimoiy masofani saqlaşi, şuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan, infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda hamda tibbiy niqobda bölmagan  hollarda kiritmaslik çoralarini köriş, ijtimoiy masofani ta'minlaş imkoniyati bölmagan jamoaviy sport turlarini ötkazmaslik talab etiladi;
  • madaniyat obektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar ötkaziş şarti bilan (30 kişidan köp bölmagan), tomoşabinlar va taşrif buyuruvçilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translatsiya qiliş yöli bilan;
  • ta'lim markazlari va tögaraklar faoliyatiga (10 kişidan köp bölmagan guruh taşkil etib, vaqtini oldindan kelişgan holda). Bunda xodimlar va bolalarning soğliği holatini doimiy nazorat qiliş (tana haroratini muntazam ölçab boriş), infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodimlar va bolalarni maşğulotlar çetlatiş, şuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etiş talab etiladi;
  • diniy taşkilotlar faoliyatiga. Bunda diniy taşkilotlar binolarining doimiy ravişda dezinfeksiya qilinişi, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi, ijtimoiy masofani saqlaşi, şu jumladan namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilaş (maxsus çiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), şuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan, infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda hamda tibbiy niqobda bölmagan hollarda kiritmaslik çoralarini köriş,