Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshloq tumani hokimini ishdan oldi
Toshloq tumani hokimi Shuhratjon Abdusalomov ishdan olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma'lum qilindi.
Toshloq tumani soliq boshqarmasi boshlig‘i ham ishdan ketgan.
«Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
3 iyun kuni prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilangandi.
Ma'lumot uchun, Shuhratjon Abdusalomov 2018 yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
18:02 / 16.05.2025
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024