Yevroittifoq tashqi chegaralarni 1 iyulgacha ochmaslikka qaror qildi
Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma'lum qilishicha, cheklovlarni uzaytirishni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan.
Yevropa ittifoqi uchinchi davlatlar fuqarolarining ittifoq hududiga kirishlariga qo‘yilgan cheklovni 1 iyulgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma'lum qilishicha, cheklovlarni uzaytirishni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan.
«Bugun deyarli barcha a'zo mamlakatlar ushbu davrning uzaytirilishini ma'qullashini bildirdi. Demak, ichki chegaralardagi nazorat iyun oxirida bekor qilinadi», — dedi Yoxansson.
Agentlikning eslatishicha, cheklovlar mart o‘rtalarida kiritilgan va ikki marta uzaytirilgan bo‘lib, 15 iyunda nihoyasiga yetadi. Yevropa komissiyasi YeIning tashqi chegaralari faqat ichki chegaralar ochilganidan keyingina ochilishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024