Xitoyda koronavirusga chalinganlarni davolashga sarflangan mablag‘lar ma'lum qilindi
Xitoy hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun o‘rtacha 23 ming yuan (3,2 ming dollar) sarflagan. Bu haqda Xitoy davlat kengashining “COVID-19’ga qarshi kurash: Xitoyning xatti-harakatlari” deb nomlangan Oq kitobida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, 31 may kuniga ko‘ra 58 ming bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat tanyach tibbiy sug‘urta hisobiga qoplangan. Umumiy xarajatlar 1,35 mlrd yuan yoki o‘rtacha bir kishiga 23 ming yuannni tashkil qilgan.
“Og‘ir holdagi bemorlarni davolashga o‘rtacha 150 ming yuan (21,2 ming dollar) sarflangan, o‘ta og‘ir holdagilarni davolash xarajatlari bir kishi uchun 1 mln yuandan (141 ming dollar) oshgan. Bu xarajatlarning barchasi davlat tomonidan qoplandi”, deyilgan hisobotda.
Ta'kidlanishicha, 31 maygacha Xitoyning markaziy va hududiy hokimiyatlari koronavirusga chalinganlarni davolash, profilaktika va koronavirusga qarshi boshqa chora-tadbirlarga umumiy hisobda 162,4 mln ayun (22,9 mlrd dollar) sarflagan.
Hujjatda Xitoy hukumatining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha 2019 yil 27 dekabrdan boshlab 2020 yil may oxirigacha amalga oshirgan barcha xatti-harakatlari keltirib o‘tilgan. Unda, shuningdek, Xitoy hukumatining pandemiya va uning sabablari borasidagi pozitsiyasi tushuntirilgan. Bundan tashqari, Xitoy epidemiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, koronavirusni o‘rganish, boshqa davlatlarga yordam berish, vaksina ishlab chiqish va virus keltirib chiqaruvchi kasallikning oldini olish va uni davolash bo‘yicha qanday choralar ko‘rishni rejalashtirayotgani bayon qilingan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023