Jahon | 20:49 / 08.06.2020
3164
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyadagi aviakompaniyalar hukumatga qarshi da'vo tayyorlamoqda

Buyuk Britaniyada 8 iyundan mamlakatga kirib kelganlarning ikki haftalik majburiy karantinga olinishi joriy etilgandi.

Foto: GARETH FULLER/PA

Irlandiya va Britaniya aviakompaniyalari koronavirus sababli joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish uchun jamoaviy da'vo tayyorlamoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Buyuk Britaniyada 8 iyundan mamlakatga kirib kelganlarning ikki haftalik majburiy karantinga olinishi joriy etilgandi.

"Nuqtai nazarimiz hafta oxirigacha tinglanishiga umid qilmoqdamiz. Ichki ishlar vazirligi qanday qilib himoyani ta'minlay olishini ko‘rmayapmiz", dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Aviakompaniyalar rahbarlari mehmonlar uchun karantin joriy etish Britaniya turizmi uchun jiddiy iqtisodiy zarar yetkazadi degan fikrda. Ularning fikricha, buning oqibatida millionlab ish o‘rinlari qisqarishi mumkin.

Avvalroq Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi inqiroz sababli 3150 nafar ishchisini yoki xodimlarining 30 foizini ishdan bo‘shatishi haqida e'lon qilgandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid