Milliarder Riçard Brenson asos solgan Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi inqiroz sababli 3150 nafar işçisini yoki xodimlarining 30 foizini işdan böşatişi haqida e'lon qildi. Bu haqda MarketWatch xabar bermoqda.

"Parvozlar qaçondan boşlanişi borasidagi işonçsizlik hamda pandemiya sababli yuzaga kelgan bozordagi şaroit jahon aviasohasi hamda Virgin Atlantic kompaniyasi daromadining sezilarli pasayişiga olib keldi", - deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Kompaniya inqirozgaça bölgan holatga qaytiş uç yilgaça vaqtni olişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Aprel örtalarida International Consolidated Airlines Group S.A. (IAG) aviaguruhi birinçi çorakdagi yomon natijadan söng British Airways 12 minggaça xodimini işdan böşatişi mumkinligi töğrisida ogohlantirgandi.

Avvalroq Yevrokomissiya Fransiya hukumatiga Air France aviakompaniyasiga 7 mlrd yevro miqdorida moliyaviy yordam körsatişga ruxsat bergandi.