Jahon | 16:05 / 09.06.2020
6025
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada rekord miqdordagi kokain musodara qilindi

Musodara qilingan kokain partiyasi qiymati 3 milliard zlotiy (750 million dollar)ni tashkil etadi.

Polshada uch tonna kokain musodara qilindi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy.

"Markaziy politsiya byurosi, chegara xizmati ishtirokida o‘tkazilgan operatsiya natijasida Polsha tarixidagi eng yirik kokain partiyasi kontrabandasining oldini olishga erishildi", - dedi Moravetskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap qiymati 3 milliard zlotiy (750 million dollar) bo‘lgan kokain partiyasi haqida bormoqda.

"Bu partiya million dozaga bo‘linishi mumkin edi. Har bir doza ortida inson taqdiri turibdi", - dedi Polsha bosh vaziri.

Uning ma'lumot berishicha, kokain partiyasi Ekvador Hamburgga, u yerdan esa Polshaga keltirilgan.

"Ushbu kokainning bir qismi Skandinaviyaga va yana qaytadan Germaniyaga yuborilishi kerak bo‘lgan", - dedi Moravetskiy.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid