Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusda davlat to‘ntarishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus "qayg‘uga botmagan yagona possovet mamlakatidir".
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda davlat to‘ntarishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi.
"Hammasini ko‘rib turibman. Asosiysi, xavotirlanmanglar. Kerakli vaqtda, kerakli joyda hammani hushiga keltirib qo‘yamiz. Mamlakatda davlat to‘ntarishi bo‘lmaydi. Ayniqsa maydon", - dedi Lukashenko.
U avvalroq ham ana shunday bayonot bilan chiqqandi.
"Biz ayrimlarning maqsadini bilamiz. Bu maqsadlar aniq: prezident saylovi arafasida yoki prezident saylovi kuni maydoncha uyushtirish. Ular shunday reja tuzishgan", - degandi Lukashenko o‘tgan haftada davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi Valeriy Vakulchik bilan uchrashuvi chog‘ida.
"Barchangizni, barcha "maydonchi"larni ogohlantirib qo‘ymoqchiman, Belarusda maydonlar bo‘lmaydi", - deb ta'kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus "qayg‘uga botmagan yagona possovet mamlakatidir".
"Ayrim belaruslar uchun Ukraina uzoq-uzoqlarda parchalangandek tuyulmoqda. Urush ketmoqda. Uzoqroqda Moldovani ikkiga bo‘lib tashlashdi. Litva o‘z vaqtida mustaqillikni jang bilan qo‘lga kiritganini unutishdi. Bugun Kavkaz ham yonayotganligini unutishdi: armanlar ozarboyjonlar bilan kelisha olmayapti. Gruziya o‘z hududining uchdan bir qismini yo‘qotganini unutishdi", - dedi Lukashenko.
Belarusda prezident saylovi 9 avgust kuni bo‘lib o‘tishi lozim.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:06 / 02.04.2026