O‘zbekiston | 15:54 / 11.06.2020
17920
2 daqiqa o‘qiladi

Kampiro‘ldidan Tentakovulgacha: Payariqda 8ta qishloq nomi o‘zgardi

Oxirgi yillarda respublikada ko‘plab atalishi «xunuk» deb topilgan hududlarning nomi o‘zgartirilmoqda. «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan talablardan kelib chiqib Samarqand viloyati Payariq tumanida tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan 8ta qishloqning nomi o‘zgartirildi.

Nomi o‘zgargan qishloqlar orasida Kampiro‘ldi, Tentakovul, Qo‘tirbuloq, Qarri kabi hududlar bor. Payariq tuman hokimligining axborot xizmati qaysi qishloqlarning nomi o‘zgarganini e'lon qildi.

Endilikda Payariqda quyidagi qishloqlar boshqacha nom bilan ataladi:

Beshkal qishlog‘i nomi BeShBULOQ deb, Kampiro‘ldi qishlog‘i MASh'AL deb, Qarri qishlog‘i NAVRO‘Z deb, Qo‘tirbuloq qishlog‘i SAXOVAT deb, Tentakovul qishlog‘i MITANOBOD deb, Vali qishlog‘i VALIY deb, Batrak qishlog‘i KATTABOG‘ deb, Qo‘tirkent qishlog‘i nomi YaNGI HAYoT deb o‘zgartirildi.

Mavzuga oid