«Rahbar lavozimida ishlayotgan ayollar ulushi 7 foizga ham bormaydi» – Bositxonova
Respublikada sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va sport sohasida 82,6 foiz, fan, ta'lim, san'at va madaniyat sohalarida 72,1 foiz, qishloq xo‘jaligi sohasida 45,5 foiz, sanoatda 38,5 foiz, qurilish sohasida 8 foiz xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi faoliyat qoniqarsiz ekanligini ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublika bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan ayollar ulushi 7 foizni ham tashkil etmaydi.
“Joylarda xotin-qizlarning yetakchiligini ta'minlashda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘limlarining faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolmoqda.
Hududlarga bu borada me'yoriy hujjatlar ijro uchun yuborilganligiga qaramay, faol, ibratli xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini ta'minlash borasida hech qanday ish olib borilmayotgani joylarga borganda ma'lum bo‘lmoqda”, dedi Bositxonova “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish masalasiga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida.
Ma'lum qilinishicha, respublikada sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va sport sohasida 82,6 foiz, fan, ta'lim, san'at va madaniyat sohalarida 72,1 foiz, qishloq xo‘jaligi sohasida 45,5 foiz, sanoatda 38,5 foiz, qurilish sohasida 8 foiz xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Vakillik organlari va parlament deputatlari orasidagi xotin-qizlar ulushi 32 foizni tashkil etadi. Turli darajadagi davlat mukofoti sovrindorlari bo‘lgan xotin-qizlarning bugungi soni – 2 ming 283 nafar.
“Ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida vazirlikdagi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oshirish boshqarmasi tomonidan turli tashkilotlar, siyosiy partiyalar bilan hamkorlik o‘rnatish, ijtimoiy faol ayollarni o‘qitish, malakasini oshirish, turli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida mas'uliyatni oshirish va hududlarga amaliy yordam ko‘rsatish lozim”, deya ta'kidladi vazirning birinchi o‘rinbosari.
Mavzuga oid
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas
15:59 / 31.10.2021
Ona o‘limi bilan bog‘liq hodisa vazirdan bekitilgani iddao qilindi. Vazir o‘rinbosari izoh berdi
11:40 / 15.02.2021