KXDR Janubiy Koreyaga qarshi urush bilan tahdid qildi
KXDR 9 iyundan buyon Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzib qo‘ygan. Bunga Janubiy Koreyaning Shimolga tashviqot varaqalari jo‘natganligi sabab bo‘lganligi aytildi.
KXDR hukumati Janubiy Koreyani tashviqot varaqalari tarqatganligi uchun mamlakat qurolli kuchlari "qasos akti" tayyorlayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Rodong Sinmun gazetasi yozmoqda.
"Bizning yengilmas inqilobiy armiyamiz xalqimiz tahqirlangani uchun qasos aktini amalga oshiradi", - deyiladi gazeta maqolasida.
Qayd etilishicha, "Janubiy Koreya hukumati oliy rahbariyatni haqorat qilganligi uchun javobgarlikdan qochib qutulolmaydi. Qasos akti oxirigacha davom etadi".
Shanba kuni Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan "navbatdagi qadam"ni qabul qilishini aytgandi.
U shuningdek, navbatdagi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish Koreya xalq armiyasining bosh shtabi zimmasiga yuklatilishini qayd etdi.
KXDR 9 iyundan buyon Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzib qo‘ygan. Bunga Janubiy Koreyaning Shimolga tashviqot varaqalari jo‘natganligi sabab bo‘lganligi aytildi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
17:46 / 22.11.2024
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024