Jahon | 20:16 / 15.06.2020
10328
12 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Made in Belarus AgroFood virtual ko‘rgazmasi 16 iyunda ochiladi

Belarus ishlab chiqaruvchilarining Made in Belarus #AgroFood birinchi virtual ko‘rgazmasi 2020 yilning 16 iyunida ishga tushadi va bu davlat korxonalarining qishloq xo‘jaligi hamda unda oziq-ovqat sanoatiga oid mahsulotlarini namoyish qiladi.

Ko‘rgazmada Belarusning o‘ttizdan ortiq tashkilot va korxonalari ishtirok etadilar hamda Agro va Food deb nomlanuvchi ikki pavilonlarda joylashadilar. Har bir virtual maydonda mahsulotlarning virtual namunalari, videoroliklar, ishbilarmonlik takliflari joylashadi.

Bu maydonlarga tashrif buyuruvchilar alohida videosalomlashuv bilan tanishishlari va menejyer bilan matnli muloqot orqali suhbat qurishlari mumkin.

Ko‘rgazma va maxsus anjumanga tashrif buyurish fermerlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va ular hamda oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga foydali bo‘ladi.

Agro pavilonida qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari, bu sohadagi yangi texnologiyalar va boshqa qiziqarli namoyishlarni kuzatish mumkin.

Belarus Respublikasi fan va texnologiyadar Davlat qo‘mitasi ko‘rgazma maydonida esa fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi xodiimlarini qiziqtiruvchi ilmiy ishlanmalar namoyish etiladi.

Belarus Respublikasi xalq ta'limi vazirligi o‘simliklarni himoyalash va ular uchun o‘g‘itlar, ozuqalar va ozuqa qo‘shimchalari, veterinar preparatlar, qishloq xo‘jaligi mashinalarini tiklash va takomillashtirish texnologiyalari, ekin materiallarini tayyorlash uchun separatorlarni taqdim etadi.

Belarus milliy Fanlar akademiyasi issiqxonalarni eloktroyoritish tizimi, o‘zi yuruvchi va zig‘irni saralab yanchuvchi texnika, bug‘doyning yangi navlari, dondagi mikotoksinlarni aniqlash uchun immunoferment to‘plamlar, dukkaklilar va moyli o‘simliklar va ularni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan mahsulotlar kabi ishlanmalarini namoyish etadi.

«Ekstraservis» korxonasi chorvachilik komplekslari uchun innovatsion texnologik uskunalar va butlash moslamalarini tavsiya etadi. Bu korxona 2019 yilda o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan yangiliklar: guruhli zanglamas avtopoilka va sut-tovar fermalaridagi muzlatkichlarda saqlanayotgan sutni molokovozga o‘tkazuvchi nasosni namoyish qiladi.

Minsk traktor zavodining «Belarus» traktorlari nafaqat Rossiya yoki MDH davlatlari, balki butun dunyoda mashhur. Bu zavodning yangi mahsulotlarini ham virtual ko‘rgazmada tomosha qilish mumkin.

«Yagodka» fermer xo‘jaligi golubika, jimolost va klyukva ko‘chatlariga ixtisoslashgan. Korxona mahsulotlari Gruziya, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonga yetkazib beriladi.

Agro paviloni doirasida LOGAL-BIO shampinonlar ishlab chiqaruvchisi va ChUP «Ratov» yegulikka mos shilliqqurtlar ishlab chiqaruvchilari bilan tanishish mumkin.

Food pavilonida Belarus oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilarining yangi mahsulotlari bilan tanishish imkoniyati bo‘ladi.

“№1 raqamli Minsk sut zavodi” ko‘p tomonlama birinchi bo‘lgan. Uzoq 1975 yilda bu korxona Belarusda birinchi bo‘lib bu mamlakat sut mahsulotlari ramzlaridan biri – glazurlangan siroklar ishlab chiqara boshlagan.

Bugungi kunda “№1 raqamli Minsk sut zavodi” moviy po‘panakli va qovurish uchun pishloqlar ishlab chiqaruvchi Belarusdagi yagona korxona hisoblanadi.

Virtual ko‘rgazmada korxona ultrafiltratsiya uslubida tayyorlangan tvorogli desert va noyob bo‘lgan ajratish usulida tayyorlangan, tvorogdan olingan tvorogli kokteyl kabi innovatsion mahsulotlar bilan tanishish mumkin.

 «Molochnyy mir» korxonasi ko‘rgazma doirasida o‘zining yangi: foydalanish muddati 1 yillik bo‘lgan sterillangan sut, 2 kg.lik qadoqdagi shirin qaymoqli yog‘ hamda sutning ekstra turidan tayyorlanuvchi premium sinfdagi «Goroden'» sut mahsulotlarining yangi to‘plamini taqdim etadi.

Bu korxona mahsulotlarining 50 foizi eksportga ketadi. «Molochnyy mir» brendi dunyoning 35 davlati: Yaponiya, Ozarbayjon, Suriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Gruziya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Vetnam, O‘zbekiston, Singapur va boshqalarda taklif etiladi.

Slutskiy pishloq kombinati uchta yangilik taqdim qiladi: bular «Yas Belous» premium sut mahsulotlari, «Mojno» SM laktozasiz mahsulotlari, «Xoreka» segmentidagi yumshoq muzqaymoq ishlab chiqarish uchun quruq va suyuq aralashmalardir. 

Grodno go‘sht kombinati 100 yildan ortiq ishlamoqda va Belarusdagi go‘shtni to‘liq siklda qayta ishlovchi yirik korxona hisoblanadi. Har oyda korxona tomonidan 3000 tonna go‘sht qayta ishlanadi va 3000 tonna kolbasa va dudlangan mahsulotlari bilan birga 500 tonna yarim tayyor mahsulotlar sotiladi. Korxona suyakli mol go‘shti, bloklangan go‘sht, yog‘lar, submahsulotlar, kolbasa va dudlangan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi.

 2019 yilda Grodno go‘sht kombinati «Halol» sertifikatini oldi va shunga muvofiq mol go‘shtini maydalangan, sovutilgan va muzlatilgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ko‘rgazmada korxona yangi mahsulotlar – jumladan mol go‘shtidan tayyorlangan va meva murabbolari qo‘shilgan kolbasa taqdim etadi.

Slonim go‘sht kombinatining o‘ziga xos mahsulotlari orasida turli mamlakatlar oshxonalari ta'mini beruvchi pashtetlar mavjud. Korxona 2016 yildayoq «Halol» sertifikatini olgan. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan korxona yangiliklari orasida suyaksiz qadoqlangan go‘sht texnologiyasini alohida ta'kidlash lozim. Vakuumlashdan so‘ng mahsulotli paket CRYOVAC texnologiyasi bo‘yicha termousadkadan o‘tkaziladi.

Volkovissk go‘sht kombinatining yillik quvvati 28 ming tonna go‘sht va oziq-ovqat, 15 ming tonna kolbasa mahsulotlari va 6 ming tonna yarim tayyor mahsulotlarni tashkil qiladi. Go‘sht, submahsulotlar, kolbasa va yarim tayyor mahsulotlar, yog‘lar endokrin-ferment xomashyo savdoga yo‘naltiriladi. Volkovissk go‘sht kombinati 2019 yilda «Halol» sertifikatini oldi va mol go‘shtini maydalangan, sovutilgan va muzlatilgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ko‘rgazmada korxona barcha talablarga muvofiq ishlab chiqarilgan «Doktorskaya» kolbasalari va «Lyubitelskiye» sosiskalarini taqdim etadi.

Belarusning eng mashhur qandolat brendlaridan biri «Kommunarka» ko‘rgazma davomida innovatsion bo‘lgan, «sovuq shtamp» uslubida quyilgan shokolad mahsulotini namoyish qiladi. Shokolad va konfetlar ishlab chiqarishdagi bu yangi texnologik liniya 2019 yilda «Kommunarka»ning 90 yillik yubileyiga atab yo‘lga qo‘yilgan.

Yangi liniyaning afzalliklari – mevalarning bo‘lakchalari, smorodinali, klyukvali va behili pyure qo‘shilgan konfet tarkibining tabiiyligi. Darvoqe, «Kommunarka» qandolatchilik fabrikasi Belarusda birinchi bo‘lib shokoladlarni ikki qavat mag‘izli qilib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Taklif etilayotgan mahsulotlar orasida «Detskiye istorii» brendi ostidagi sut, qulupnayli yogurtdan sutli shokolad alohida o‘rin tutadi.

Belarusning yana yetakchi qandolat brendlaridan biri «Spartak» fabrikasi shokoladli konfet, diabetik va turli qo‘shimchalari bo‘lgan oq shokolad mavjud.

Belarus ilmiy tashkilotlari Belarus Respublikasi fan va texnologiyadar Davlat qo‘mitasi ko‘rgazma maydonida oziq ovqat mahsulotlari sanoatiga oid turli yangi ishlanmalarini namoyish etadilar. Jumladan, zig‘ir moyi asosida oksidlanishga chidamli biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqarish texnologiyalari, bolalar uchun gipoallergen pechenelar ishlab chiqarish, yeyish mumkin bo‘lgan qadoqlash plenkalari, funksional maqsadlardagi oziq-ovqatlar uchun vitamin-mineral premikslar, osh tuziga nisbatan yuqori sezgirlikni korreksiya qiluvchi fitotuzlar, sabzavotlardan sharbat olish bo‘yicha yangi texnologiyalar, balanslashtirilgan yarim to‘yingan yog‘ kislotalariga ega o‘simlik moylari ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari, innovatsion makaron mahsulotlari va quruq sut mahsulotlari kabilar.

Agro paviloni doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash va tashish bilan shug‘ullanuvchi «Avtodar» korxonasi ham o‘z xizmatlarini taklif etadi.

Ko‘rgazma doirasida Xalqaro onlayn agrar anjumani ham bo‘lib o‘tadi va unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina davlat organlari, soha bo‘yicha assotsiatsiyalar va biznes vakillari bo‘lgan ekspertlar chiqishlar qiladilar. Bu anjumanda pandemiyaning turli davlatlar agrosanoat komplekslariga ta'siri muhokama qilinadi, hamkasblar bilan yangi sharoitda ishlash bo‘yicha foydali tajriba almashinadi, shuningdek soha kelajagi bo‘yicha prognozlar qilinadi. Auditoriya – o‘nta davlatning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha professional mutaxassislari bo‘ladilar.

Belarus ishlab chiqaruvchilarining Made in Belarus #AgroFood ko‘rgazmasi ochilish marosimi 16 iyun soat 10.00da (Minsk vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxovich hamda boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari ishtirok etadilar.

Xalqaro agrar onlayn anjuman 16 iyun soat 10.30da ochiladi. Mazkur tadbir dasturi bilan quyilagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.belinterexpo.by/kongress-evens/online-forum/

Ko‘rgazma va anjuman Belarus savdo-sanoat palatasi vasiyligida, soha vazirlik va tashkilotlari hamda qator davlatlar savdo-sanoat palatalari, biznes-assotsiatsiyalari ko‘magida bo‘lib o‘tadi.

Made in Belarus #AgroFood ko‘rgazmasi va Xalqaro agrar onlayn anjumanining bosh hamkori “№1 raqamli Minsk sut zavodi”ning boshqaruv kompaniyasi bo‘lgan «Perviy molochnyy» xoldingi hisoblanadi.

Hamkorlar: Belagroprombank va SOOO «Geym Strim» – World of Tanks Minsk markazi.

Ko‘rgazmada qatnashish – bepul (lekin qayddan o‘tish shart). Qayddan o‘tish uchun quyidagi manzilga kirish lozim: https://www.belinterexpo.by/exhibition/virtual/, interfaol platformaning o‘zi 16 iyun mana bu manzilda ish boshlaydi: https://mib.by/. Ko‘rgazma ishtirokchilar va korxonalar vakillari bilan matnlar orqali muloqot qilish imkoniyati 16-18 iyun kunlari bo‘ladi. Keyin platforma qatnashish uchun namoyish rejimida 2020 yilning 19 iyulida ochiladi.

Made in Belarus #AgroFood ko‘rgazmasi va Xalqaro agrar onlayn anjumani haqida batafsil ma'lumot tashkilotchi – Belarus savdo-sanoat palatasi ko‘rgazma korxonasi «Belinterekspo»ning www.belinterexpo.by saytida mavjud.

* Ko‘rgazmaning ochilish marosimi turli vaqt hududlarida:

10.00 (Kishinev, Minsk, Moskva, Kiyev); 11.00 (Boku, Tbilisi, Yerevan); 12.00 (Toshkent, Dushanbe); 13.00 (Nur-Sultan, Bishkek).

Reklama huquqi asosida

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid