Jahon | 15:10 / 15.06.2020
7548
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Chexiyaning ikki diplomatini chiqarib yuboradi

5 iyun kuni Chexiyada Rossiyaning ikki diplomati persona non-grata deb e'lon qilingan va mamlakatdan chiqarib yuborilgandi.

Foto: AFP/Scanpix

Rossiya Chexiyaning ikki diplomatini chiqarib yuboradi. Bu haqda Chexiyaning Rossiyadagi elchisi Vitezslav Pivonka ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu rossiyalik diplomatlarning Chexiyadan chiqarib yuborilganiga javob chorasi bo‘lishini e'lon qilgan. Elchining qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Praga o‘zaro munosabatlar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazishi mumkin.

5 iyun kuni Chexiyada Rossiyaning ikki diplomati persona non-grata deb e'lon qilingan va mamlakatdan chiqarib yuborilgandi. Ular chex siyosatchilariga nisbatan suiqasd tayyorlanayotganligi haqida yolg‘on axborot tarqatganlikda ayblangandi.

22 aprelda Chexiyaning Respekt haftanomasi yonida ritsin zahari bo‘lgan Rossiya fuqarosi diplomatik pasport bilan Chexiyaga kelganligini yozgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid