Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida 186,6 tonna qovun eksport qilingan - Statqo‘m
Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, qiymati 264,1 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 342,5 tonna qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabarida aytilishicha, eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan. Bu ulush joriy yilda yetishtirilgan yangi qovun mahsuloti hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Ayni kunga qadar o‘zbek qovuniga Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bozorlarida talab yuqori bo‘lmoqda.
E'tiborlisi, 2020- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, 159,0 tonna qovun Rossiyaga eksport qilingan”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,5 tonnaga ko‘p.
Avvalroq, gilos eksporti 2 barobarga oshgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026