O‘zbekiston | 09:46 / 18.06.2020
4593
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-may oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi

2019 yilning shu davrida 389 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 441,3 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-may oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 389 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 441,3 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi. 2019 yilda 437,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 461,6 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-may oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (290,4 ming tonna) biroz oshirdi - 296,3 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-may oylarida tabiiy gaz qazib olish 21,1 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (25,5 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston 620 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (875,9 ming tonna).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid