Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi
Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, bu prezidentning “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan O‘zbekistonda barcha hududiy aeroportlarda “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
“Ochiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda joriy etiladi.
Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026