Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Boltonni kitobi sotuvidan oladigan daromaddan mahrum qilmoqchi
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Bolton davlat sirlarini o‘z ichiga olgan kitobini chop etgani uchun jiddiy javobgarlikka tortilishi lozimligini bildirgandi.
AQSh hukumati prezident Donald Trampning sobiq yordamchisi Jon Boltonni yozgan kitobi sotuvidan oladigan daromaddan mahrum qilish niyatida. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinenining bayonotida aytilgan.
"Hukumat uning pulga o‘chligini milliy xavfsizlikni himoya qilishdan yuqori qo‘ygan sharmandali qarori ortidan daromad olishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida", - dedi u.
AQSh prezidentining matbuot kotibi sud kitob allaqachon tarqab ketganligi uchungina uni chop etishni taqiqlamaganligini, chunki bunga kech bo‘lganligini qayd etdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Bolton davlat sirlarini o‘z ichiga olgan kitobini chop etgani uchun jiddiy javobgarlikka tortilishi lozimligini bildirgandi.
Kolumbiya okrugi sudi AQSh Adliya vazirligining Bolton o‘z kitobida maxfiy axborotni oshkor qilganligi uchun kitobni chop etishni taqiqlash to‘g‘risidagi da'vosini rad etdi va kitob sotuvga chiqarilishiga ruxsat berdi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning memuari «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) deb nomlanadi. Kitob sotuvi 23 iyundan boshlanishi mo‘ljallangan. AQShdagi qator gazetalar kitobdan parchalar berdi.
O‘zining 576 sahifadan iborat kitobida 71 yoshli Jon Bolton AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida o‘tkazgan 17 oyi haqida so‘z yuritgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026