Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aydarko‘l atrofida turistik zonalar tashkil etilishi mumkin
Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etish taklif qilinmoqda.
Foto: navoiyeco.uz
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish hamda aholini yoz mavsumida maroqli dam olishi va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida Aydarko‘l atrofida turistik zonalar tashkil etish lozim.
Murojaat muallifining yozishicha, bunda yo‘l infratuzilmasi, mehmonxonalar xizmati, oshxona, plyajlar, qayiqlar ijarasi, tuyada sayr va shunga o‘xshash bir qator xizmatlarni yo‘lga qo‘yish kerak.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etishni taklif qilamiz”, - deya yakunlangan petitsiya.
Mavzuga oid
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025