Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yangiliklar portali rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
O‘tgan yilning 14 oktabr kuni IRNA agentligi Ruhulla Zam Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuchlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar qilgandi. U hukumatga qarshi faoliyat olib borish hamda Fransiya, AQSh va Isroil razvedkalari bilan hamkorlik qilishda ayblangan.
Xorij razvedkasi bilan hamkorlik qilish va hukumatga qarshi faoliyat yuritishda gumonlangan Amad News yangiliklar portali rahbari Ruhulla Zam o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Eron oliy sudi vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
"Unga o‘lim jazosi berildi", - deya Ismoiliyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.
O‘tgan yilning 14 oktabr kuni IRNA agentligi Zam Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuchlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar qilgandi. U hukumatga qarshi faoliyat olib borish hamda Fransiya, AQSh va Isroil razvedkalari bilan hamkorlik qilishda ayblangan.
Zam eronlik jurnalist va faol sifatida tanilgan. Uning doimiy yashash joyi Fransiya hisoblanadi. U 2017-2018 yillarda Erondagi norozilik namoyishlarini faol yoritgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026