Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Fransiya uchuvchilar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzadi
Uchuvchilarni tayyorlash maqsadida talabalar akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Transport vazirligi ko‘magida Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelajakda aviatsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar, yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida videomuloqot tashkil etildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, videomuloqotda Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi, Tuluza biznes maktabi hamda Airbus kompaniyasining vakillari bilan O‘zbekiston Transport vazirligi va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida bir qator yo‘nalishlarda memorandum tuzishga kelishib olindi. Xususan, Toshkent davlat transport universitetida o‘quv bazasini yaratish, fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, uchuvchilarni tayyorlash maqsadida talabalar akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarni Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabida malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuborish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
09:45
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026