Jahon | 18:55 / 03.07.2020
7497
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘zgarishlar 4 iyuldan kuchga kiradi.

Foto: TASS, Mixail Metsel

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish 1 iyul kuni yakunlandi.

Markaziy saylov komissiyasi  Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish natijalarini e'lon qildi.

Protokollar yuz foiz hisob-kitob qilib chiqilganidan keyin, referendumda qatnashganlarning 77,92 foizi o‘zgartirishlarni yoqlagani, 21,27 foizi esa qarshi bo‘lganini bildirdi.

MSK raisi Ella Pamfilovaning ma'lum qilishicha, saylovda davomat 65 foizni tashkil etgan. Bu 1993 yildagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumdagidan yaxshiroq, o‘shanda davomat 54,8 foizni tashkil etgan va saylovchilarning 58,4 foizi Konstitutsiyani ma'qullagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid