Jahon | 15:12 / 06.07.2020
2742
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston hukumati 600ga yaqin mahkum tolibni ozodlikka chiqarishni rad etdi

Toliblar 5 ming nafar a'zosi qamoqxonalardan chiqarilishini talab qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatining hibsda saqlanayotgan 600ga yaqin a'zosini ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi talabini bajarmasligini ma'lum qildi. Bu haqda 1TV News telekanali xabar berdi.

Telekanalning bildirishicha, hukumat 597 nafar mahkum tolibni ozod qilmasligini ma'lum qilgan. Afg‘oniston qamoqxonalar boshqarmasining bayonotiga ko‘ra, bu mahkumlarning aksariyati qilgan jinoyatlari, qilgan qotilliklari uchun ozodlikdan mahrum etilgan.

Xabar qilinishicha, Afg‘oniston hukumati shu kungacha 4 mingga yaqin tolibni ozodlikka chiqargan. Toliblar o‘z navbatida, 5 ming nafar a'zosi qamoqxonalardan chiqarilishini talab qilmoqda. Telekanalning ma'lumot berishicha, “Tolibon” 616 nafar mahkumni ozod qilgan.

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti vakili Sodiq Sodiqiy “Tolibon” harakatining 3,9 mingga yaqin a'zosi ozodlikka chiqarilganini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid