Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti koronavirusga chalinganligini ma'lum qildi
Bolsonaru 6 iyul kuni o‘zida koronavirus alomatlari kuzatilayotganini ma'lum qilgan va koronavirusga tahlil topshirgandi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqqanini ma'lum qildi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.
Bolsonaru 6 iyul kuni o‘zida koronavirus alomatlari kuzatilayotganini ma'lum qilgan va koronavirusga tahlil topshirgandi.
Braziliya prezidentining mart oyida topshirgan avvalgi ikkita tahlili manfiy chiqqan edi.
Jair Bolsonaru Braziliyada koronavirus tarqalishi hali unchalik kuzatilmagan mart oyi boshida mamlakatda o‘zini yakkalash va ijtimoiy masofalashuvning boshqa choralari kiritilishiga qat'iy qarshilik ko‘rsatgandi. U karantin kiritgan shtatlar gubernatorlari va shaharlar merlarini jinoyatchilar deb atagan va namoyishkorona tarzda shifoxonalarga niqobsiz tashrif buyurib, barcha bilan ko‘l siqishib so‘rashgandi.
Koronavirusga qarshi choralar borasidagi bahslar sababli Bolsonaru bir oy ichida ikki nafar sog‘liqni saqlash vazirini o‘zgartirgan.
Mavzuga oid
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
08:05 / 07.04.2026
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?
20:09 / 09.03.2026
Braziliyadagi futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
07:36 / 29.12.2025