Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma'lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi 14ta yuridik texnikumlar uchun qabul ko‘rsatkichlari e'lon qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 2310ta kvota kunduzgi, 1110ta kvota sirtqi ta'lim shakliga mo‘ljallangan.




Ma'lumot uchun, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.
Abituriyentlarni qabul qilish Davlat test markazi o‘tkazadigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («super-kontrakt») asosida ham talabgorlar o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
O‘qish muddati – 2 yil. Yuridik texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, yuridik texnikumlar bitiruvchilari notarius yordamchisi, FHDYo bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi va davlat ijrochisi kabi 89ta mutaxassislikda ishlashlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
12:38 / 16.09.2025
OTMga xorijiy fuqarolarni yangi portal orqali o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 15.09.2025