Eronda MRB foydasiga josuslik qilishda ayblanganlardan biri qatl etildi
General Qosim Sulaymoniy haqidagi ma'lumotlarni berishda ayblangan Mahmud Musoviy Majdga nisbatan o‘lim jazosi hozircha ijro etilmagan.
Eronda MRB bilan hamkorlik qilishda ayblangan shaxslardan biri qatl etildi. Bu haqda Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy ma'lum qildi.
U shuningdek, general Qosim Sulaymoniy haqidagi ma'lumotlarni berishda ayblangan Mahmud Musoviy Majdga nisbatan o‘lim jazosi hozircha ijro etilmaganini aytdi.
"Eron mudofaa vazirligi aerokosmik sohasi sobiq xodimi bo‘lgan yana bir josus ham qatl etildi", - deya Ismoiliyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mizan Online agentligi.
Eron ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Eron mudofaa vazirligining sobiq xodimi Rizo Asqariy MRBga Eron raketalari haqidagi ma'lumotlarni bergan.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024
Eron prezidenti o‘z mamlakati yadro quroli yaratish niyati yo‘qligini aytdi
08:20 / 16.09.2024