Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati davlatga don sotish shartnomaviy rejasini uddaladi
515 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlarining 141 ming gektariga g‘alla ekkan Qashqadaryo viloyati davlatga don sotish shartnomaviy rejasini uddalagan.
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Shartnomaviy rejaga ko‘ra davlatga 424,1 ming tonna boshoqli don topshirish belgilangan bo‘lsa, amalda 6745 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 424,5 ming tonna don topshirildi va reja 100,1 foizga bajarilgan.
«Ekin maydonlaridan o‘rib olingan hosildorlik o‘rtacha 45–60 sentnerni tashkil etdi. Kasbi tumanidagi «Xo‘jaqulov Bekzod» fermer xo‘jaligi, Koson tumani Guvalak hududidagi «Tog‘ayev Anvar» fermer xo‘jaliklarida bu ko‘rsatkich 78–80 sentnerga yetdi. E'tiborlisi, rejani 100 foizdan oshirib bajargan fermer xo‘jaliklarida yalpi hosilning ortgani fermer xo‘jaliklarining o‘zida qoldi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Avvalroq, Xorazm viloyati respublikada birinchi bo‘lib g‘alla topshirish rejasini bajargani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026