2020 yil uchun viloyatda 33,2 ming gektar yerga g‘alla ekildi. Davlat xaridi uchun 84,4 ming tonna don topshirish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 86,8 ming tonna topshirildi va reja 102,9 foizga bajarildi.

Qayd qilish joizki, viloyatning barcha tumanlari g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarishdi. G‘alla yetishtirgan 1294ta fermer xo‘jaliklaridan 898tasi rejani bajardi.

2020 yilda g‘alladan olinadigan daromad 378,8 milliard so‘mni, sof foyda esa 88,1 milliard so‘m bo‘lishi, rentabellik 30,3 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, 2020 yil hosili uchun O‘zbekistondagi mavjud 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yerlarning 1,8 mln gektariga g‘alla, 1,3 mln gektariga paxta ekilgan.