Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy texnologiya kompaniyalari xodimlariga nisbatan viza cheklovlari kiritdi
Vashington 2019 yilda Huawei kompaniyasini AQsh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi kompaniyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
AQSh davlat departamenti Xitoydagi inson huquqlari buzilishiga aloqador texnologiya kompaniyalari xodimlariga nisbatan viza cheklovlari kiritdi.
"Bugun davlat departamenti Xitoydagi texnologiya kompaniyalarining inson huquqlarini buzayotgan rejimlarga moddiy yordam ko‘rsatgan ma'lum bir xodimlariga nisbatan viza cheklovlari joriy etmoqda", - deyiladi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bayonotida.
Qayd etilishicha, Huawei kompaniyasi ham ushbu qarorga kiritilgan.
"Jahondagi telekommunikatsiya kompaniyalari yodda tutsin: agar Huawei bilan hamkorlik qilayotgan bo‘lsangiz, demak inson huquqlarini buzuvchilar bilan hamkorlik qilmoqdasiz", - dedi Pompeo.
Vashington 2019 yilda Huawei kompaniyasini AQsh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi kompaniyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Mavzuga oid
09:42
DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi
09:11
Erondagi sulh xabarlari ortidan neft narxi keskin tushdi
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026