Samarqandning bosh sanitar shifokori o‘zgardi
Samarqandda bosh sanitar shifokor o‘zgardi. Yangi bosh shifokor shu vaqtgacha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.
Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘zgardi. Bu haqdagi ma'lumotni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ayni kunga qadar mazkur lavozimda ishlab kelgan Xayrulla Boymurodov o‘rniga Adham Bahromov viloyat SEOM bosh shifokori etib tayinlangan. Adham Bahromov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Oldinroq Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat yo‘llab, Samarqand shahrida ahvol yaxshi emasligini aytgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda Samarqand viloyati murakkab epidemiologik vaziyatdan chiqib ketganini e'tirof etgandi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024