Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrika sharqida yangi okean paydo bo‘lishi mumkin
Afrikadagi tektonik yoriq o‘rnida yangi okean shakllanishi mumkin, deb hisoblamoqda olimlar.
Foto: Globallookpress
Ularning bashoratiga ko‘ra, bu 5-10 million yildan keyin yuz beradi. Qit'a tom ma'noda ikkiga «ajraladi». Buning alomatlari hozir ham sezilmoqda, tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, tektonik plitalar asta-sekin bir-biridan uzoqlashmoqda.
NBC News telekanaliga berilgan intervyuda olimlar yoriqning 2005 yilda shakllanganini aytishmoqda. 2020 yilga kelib yoriq orasidagi masofa 56 kilometrga yetgan.
«Kontinental rift okean riftiga aylanmoqda. Bu hodisani yer yuzida faqat shu joyda kuzatish mumkin», - dedi Lids Universiteti professori Kristofer Mur.
Olimlar tektonik plitalar harakati tezligini GPS orqali o‘lchash imkoniyatiga – yiliga bir necha millimetr. Yoriq «Dante do‘zaxi» nomini olgan.
«Aden ko‘rfazi va Qizil dengiz suvlari birlashadi, Afar va Sharqiy-Afrika rift vodiysi yangi okeanga aylanadi. Sharqiy Afrikaning bu qismi esa alohida qit'a bo‘ladi», - deb hisoblamoqda Kaliforniya universiteti geofiziki Ken Makdonald.
Mavzuga oid
07:22 / 16.01.2026
Xaritada bir xil, real farqi ulkan: Afrika vs Grenlandiya
07:16 / 09.01.2026
Infografika: Afrikaning haqiqiy ko‘lami
07:30 / 22.12.2025
YUNISEF: Afrikada 2,76 mln bola 5 yoshga yetmasdan vafot etgan
10:56 / 01.12.2025