Jahon | 16:39 / 20.07.2020
10514
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus prezidentligiga nomzod farzandlarini Yevropaga jo‘natib yubordi

 Svetlana Tixanovskaya – taniqli siyosiy bloger Sergey Tixanovskiyning xotini. Tixanovskiy prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, ammo may oxirida hibsga olingan, MSK uning hujjatlarini qabul qilmagandi.

Svetlana Tixanovskaya

 Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya farzandlari mamlakatdan olib chiqib ketilgani va xavfsiz joyda ekanliklarini tasdiqladi. U avvalroq o‘zini hibsga olish, farzandlarini esa olib qo‘yish bilan tahdid qilinayotganini aytgandi.

19 iyul kuni "Xartiya'97" bosh redaktori Natalya Radina Tixanovskayaning farzandlarini Yevroittifoq mamlakatlaridan biriga olib chiqib ketilishida yordam ko‘rsatganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular hozirda xavfsiz joyda, buvilari bilan birga.

Svetlana Tixanovskaya – taniqli siyosiy bloger Sergey Tixanovskiyning xotini. Tixanovskiy prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, ammo may oxirida hibsga olingan, MSK uning hujjatlarini qabul qilmagandi.

Shundan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlash uchun Svetlana Tixanovskaya saylovda qatnashishga qaror qildi va kerakli imzo yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 

 Tixanovskiylarning to‘rt yoshli qizi va o‘n yoshli o‘g‘li bor.

 Prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid