Belarus demokratik kuçlari rahbari Svetlana Tixanovskaya Ukrainaga xalqaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga çaqirdi. Tixanovskaya yakşanba, 7 dekabr kuni Bonndagi World Conference Center binosida nutq sözladi, şu yerda unga Demokratiya va huquq ustuvorligi uçun xalqaro mukofoti topşirildi.
«Bugun men sizdan Belarusni, bizning siyosiy mahbuslarimizni, Alesni (Belyatskiy — tahr.) va Maşani (Kolesnikova — tahr.) qöllab-quvvatlaşingizni söramoqçiman. Lekin, eng muhimi, Ukrainani qöllab-quvvatlaşni sörayman. Çunki bugun Ukraina butun Yevropa uçun kuraşmoqda», — dedi Tixanovskaya. «Mamlakatlarimiz taqdiri özaro çambarças boğlangan. Agar Ukraina kuçli, Rossiya esa zaif bölsa, bu Belarus uçun ham imkoniyat darçasini oçadi», — deya ta’kidladi u.
«Diktatorlar — ular yengilmasdek tuyulişi mumkin, töğrimi, lekin bir kuni tösatdan ağdariladi. Berlin devori bilan, Sovet Ittifoqi bilan yoki yaqinda — Suriyada (Başar Asad rejimi bilan — tahr.) sodir bölganidek. Biz bu qaçon va qanday bölişini bilmaymiz, ammo bu sodir böladi. Va biz bunga tayyor bölişimiz kerak», — deb qöşimça qildi belarus demokratik kuçlari yetakçisi.
Mukofotni ta’sis etganlar Svetlana Tixanovskayaning erkin va demokratik Belarus quriş işiga qöşgan hissasini alohida qayd etdi. Marosim «Bonndagi Demokratiya uçun xalqaro mukofot» (IDP) assotsiatsiyasi, şahar hokimiyati va Şimoliy Reyn — Vestfaliya federal yeri vakillari iştirokida bölib ötdi.
Qayd etilişiça, Tixanovskaya faoliyati Belarus hokimiyatining siyosiy xudbinligiga çek qöyişga intilayotgan insonlar harakatini ifodalaydi, u esa özi Ukrainaga qarşi Rossiyaning tajovuzkor uruşini qöllab-quvvatlayotgan rejimga qarşi turmoqda.
Mukofot marosimi tarixiy ahamiyatga ega joyda — sobiq Bundestagning plenar zalida ötkazildi. Bu bino hozirda sobiq poytaxt Bonndagi konferens-markazga aylantirilgan.
«Bonn, bir vaqtlar erkin Germaniya poytaxti, tiraniya zulmi ostida yaşagan şarq nemislari uçun umid mayoği edi», — dedi Tixanovskaya. «Biz, belaruslar uçun, bugun şunday mayoq — Yevropa Ittifoqi. U yerdan biz umid, uy va oila topyapmiz», — deya qöşimça qildi u.
Siyosatçining sözlariga köra, Bonn — Yevropada Minsk bilan birodarlaşgan birinçi şahar, bu 32 yil avval yuz bergan. Zalda yiğilganlarga murojaat qilar ekan, demokratik kuçlar rahbari Minsk bir kuni Bonnga öxşaşiga — «demokratik, farovon va tinç» bölişiga umid bildirdi.












