Erdo‘g‘an Suriya xalqi ozod bo‘lmagunicha Turkiya u yerda qolishini aytdi
19 iyul kuni Suriya xalq kengashiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi 250ta o‘rin uchun 1656 nomzod kurash olib bordi.
Suriya xalqi ozodlik va xavfsizlikka erishmagunicha Turkiya u yerda qolishda davom etadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ana shunday bayonot berdi.
"Qardosh qo‘shnimiz Suriya xalqi ozodlik va tinchlikka erishmagunicha biz bu yerda bo‘lishda davom etamiz. Ular hozir Suriyada saylov o‘tkazishmoqda. Shunday saylov bo‘lishi mumkinmi? Demokratiya haqida gapiradigan davlatlar qani?" – dedi Turkiya prezidenti.
Suriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlariga izoh berar ekan, Erdo‘g‘an "Turkiya chetga surib qo‘yilganlarning yonini olishga va yuz berayotgan holatga norozilik bildirishga majbur bo‘lganini" aytdi.
19 iyul kuni Suriya xalq kengashiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi 250ta o‘rin uchun 1656 nomzod kurash olib bordi. Saylov o‘tkazish uchun mamlakatda 7313ta saylov uchastkasi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy 1 iyulda Suriya bo‘yicha videoanjuman shaklida sammit o‘tkazishdi. Sammit yakunlariga ko‘ra uch prezident Suriya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini, Suriyadagi neft daromadlarining noqonuniy egallab olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tishgan, terrorchilarni yo‘qotishda hamkorlik qilishda qat'iy ekanliklarini tasdiqlashgan va Suriya ixtilofini hal qilish bo‘yicha muvofiqlashtirishni oshirishga kelishib olishgan. Ular, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni barcha suriyaliklarga ko‘rsatilayotgan yordamni hech qanday istisnosiz ko‘paytirishga chaqirishgan.
Shu yilning 13 mart kuni Turkiya va Rossiya Anqarada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024