Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Rossiya va Turkiyaning muvofiqlashtirish markazi ishlashni boshladi
Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya va Turkiyaning o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish markazi ishlashni boshladi.
Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi rahbari kontr-admiral Oleg Juravlyov ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, ushbu markaz o‘t ochishni to‘xtatish rejimini va birgalikdagi patrullashni ta'minlash uchun zarur.
13 mart kuni Turkiya va Rossiya Anqarada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Ikki davlat 15 martdan Hasaka va Halabni bog‘lovchi M4 trassasida birgalikdagi patrullashni boshlaydi.
Idlibdagi vaziyat yanvarda keskinlashgandi. O‘shanda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilgan.
5 mart kuni ko‘p soatlik muzokaralardan keyin Rossiya va Turkiya Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha memorandum imzolagan. Moskvada o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kiritish, xavfsizlik yo‘lagini tashkil etish va birgalikdagi patrullashni boshlashga kelishib olgan.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026