Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Yevropa neft bozoridan siqib chiqardi
Iyulda Amerika neftining Yevropaga jo‘natilishi hajmi iyundagiga nisbatan 600 ming tonnaga oshdi va 3,1 million tonnaga yetdi.
AQSh OPeK+ kelishuvidan foydalanib Rossiyani Yevropa neft bozoridan siqib chiqardi, deb yozmoqda Reuters.
Ishtirokchi mamlakatlarning neft qazishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuvi sababli Rossiya eksportni kamaytirishi natijasida uning nefti qimmatlashdi. Ammo bu kelishuvda qatnashmaydigan AQSh uchun imkoniyat berdi.
Iyulda Amerika neftining Yevropaga jo‘natilishi hajmi iyundagiga nisbatan 600 ming tonnaga oshdi va 3,1 million tonnaga yetdi.
Amerika xomashyosi mahalliy qayta ishlovchilar uchun an'anaviy navlar, xususan Rossiyaning Urals neftini siqib chiqardi, deb yozadi agentlik. Rossiya neftining Yevropaga eksporti keyingi 20 yil ichidagi minimum darajaga tushib ketdi.
6 iyunda OPeK+ yig‘ilishida neft qazib oluvchi davlatlar vakillari yana bir oy davomida – iyul oxirigacha tarixdagi eng katta ko‘lamli neft hajmini qisqartirishni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lishgandi.
Mavzuga oid
16:43
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
16:25
Rossiya va Xitoy bombardimonchilari Yaponiya atrofida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
15:30
Mers: Amerikaliklar Yevropa demokratiyasini qutqarishi shart emas
15:25