Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada «Olimpiyskiy» sport majmuasini portlatish boshlandi
«Olimpiyskiy» shu yilning yanvarida kapital ta'mirlash uchun yopilgandi.
Moskvada «Olimpiyskiy» sport majmuasining ichki konstruksiyalarini portlatish orqali buzish boshlandi. Bu haqda shahar aholisi Instagram akkauntlarida ma'lum qildi.
«"Olimpiyskiy"ni asta-sekin parchalashmoqda. U bu yerda o‘tkazilgan Olimpiada-80dan tortib Yevrovideniye 2009gacha tarixda qoladi. Yulduzlarning konsertlari va yirik sport musobaqalari bilan yodda qoladi», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Aytilishicha, portlatish birin-ketin amalga oshirilmoqda.
«Komsomolskaya pravda» nashrining yozishicha, portlash ovozini eshitgan moskvaliklar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan, politsiya ularni tinchlantirgan.
«Kiyevskaya ploshchad» kompaniyalar guruhi matbuot xizmatining bildirishicha, modernizatsiyadan so‘ng «Olimpiyskiy» jahon miqyosidagi musobaqalarni qabul qiladigan sport obekti hamda konsert dasturlari o‘tkaziladigan ommabop maydonga aylanadi.
«Olimpiyskiy» shu yilning yanvarida kapital ta'mirlash uchun yopilgandi. Ta'mirlash ishlari 3 yil davom etadi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026