07:53 / 25.07.2020
34836

Besh tumanda bosh soliqchilar o‘zgardi

Davlat soliq organlari tizimida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Zaripboy Qodirov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zaripboy Qodirov 1971 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida tug‘ilgan. 1992 y. Shumanay sovxoz texnikumini, 2007 yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1996 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi lavozimidan boshlagan.  

Z.Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Sanjar Muhammedov Buxoro viloyati, Buxoro tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Muhammedov 1988 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009 y. Oliy harbiy bojxona institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2012 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini majburiy undirish sho‘'basi davlat soliq katta inspektori, sho‘ba boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

S.Muhammedov yangi lavozimga tayinlangunga qadar DSQ Strategik rivojlantirish boshqarmasi Zamonaviy soliq ma'murchiligini joriy etish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jalolbek Ro‘zimov Xorazm viloyati Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Ro‘zimov Jalolbek 1985 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2008 yilda Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tadbirkorlarni soliqqa jalb qilish va uchastka inspektorlari sho‘'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

J.Ro‘zimov bunga qadar Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Rahmatilla Sattorov Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Rahmatilla Sattorov 1970 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1994 yil Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.

R.Sattorov bunga qadar Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Laziz Xudoyqulov Qashqadaryo viloyati Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Laziz Xudoyqulov 1982 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2005 yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi Navbatchi qism navbatchisi lavozimidan boshlagan.

L.Xudoyqulov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Mavzuga oid
Top