Jahon | 15:02 / 25.07.2020
4940
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda COVID-19 qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni e'lon qilinadi

Qirg‘izistonda 30 iyulda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni e'lon qilinadi, deb ma'lum qildi mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov.

Foto: Akylbek Batyrbekov

"O‘ttizinchi iyul butun mamlakatda milliy motam kuni deb e'lon qilinadi. Bu bo‘yicha tegishli farmon chiqariladi", - dedi u "Birinchi radio" radiostansiyasiga bergan intervyusida.

 Jeenbekov "qiyinchiliklar va har bir qirg‘izistonlikning to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishi uning yuragida aks-sado berayotgani"ni ta'kidladi.

 "Yaqinlari halok bo‘lgan vatandoshlarimizning oilalariga yana bir bor chuqur ta'ziyamni bildiraman", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19ga chalinganlar soni 32,1 mingdan oshgan, 1249 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid