Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qimmat futbol brendi ma'lum qilindi
«Real» jamoasining qiymati 1,419 milliard yevro deb baholanmoqda.
«Real» (Madrid) dunyoning eng qimmat futbol brendlari reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Brand Finance konsalting kompaniyasi xabar berdi.
Ispaniya jamoasining qiymati 1,419 milliard yevro deb baholanmoqda. Aniqlik kiritilishicha, uning narxi o‘tgan yilgiga nisbatan 13,8 foizga tushgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Ispaniyaning yana bir klubi — «Barselona» (1,413 milliard), uchinchi o‘rinni esa Angliyaning «Manchester Yunayted» (1,314 milliard) klubi egalladi.
Reytingga hammasi bo‘lib 50ta klub kiritilgan.
«Real» 16 iyul kuni muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Madrid jamoasi 7 avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlabki o‘yinda angliyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026