Jahon | 15:33 / 01.08.2020
10690
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda arab dunyosidagi birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushdi

 Atom elektr stansiyasi umumiy quvvati 5,6 megavattga teng bo‘lgan to‘rtta energoblokdan iborat bo‘ladi.

Foto: Twitter/@hhshkmohd

 BAAda arab mamlakatlaridagi birinchi AES ishga tushdi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.

 "Bugun Abu-Dabi amirligida arab dunyosidagi birinchi “Baraka” AESi yadrov reaktori foydalanishga topshirilganini e'lon qilamiz", - deb yozdi BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amirligi shayxi Muhammad bin Rashid ol-Maqtum tvitterda.

Mazkur atom elektr stansiyasi umumiy quvvati 5,6 megavattga teng bo‘lgan to‘rtta energoblokdan iborat bo‘ladi.

Qiymati 25 25 milliard dollarga teng bo‘lgan AES qurilishi 2011 yilda boshlangan, u 2017 yildan elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlashi kutilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid