Jahon | 10:57 / 12.08.2020
9439
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada koronavirusning uchta yangi shtammi aniqlandi

Janubiy Koreyada koronavirusning uchta yangi shtammi aniqlandi. Ularning barchasi xorijdan, jumladan O‘zbekistondan kelgan kasallanganlarda aniqlangan. 

Foto:elemens.envato.com

Janubiy Koreyaning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazida olimlar xorijdan kelganlarda koronavirusning uchta yangi mutatsiya qilgan shaklini aniqlashgani ma'lum qilingan.

Yangi mutatsiyalar Germaniyadagi GISAID laboratoriyasi ma'lumotlar bazasida qayd qilingan virus genomining 80 mingga yaqin ketma-ketligidan farq qiladi. Genetik mutatsiyalar koronavirus sirtidagi oqsillarda topilgan. Yangi shtammlar Pokistondan kelgan 2 kishi va O‘zbekistondan kelgan bir kishida aniqlangan. 

“Uch kishi mamlakatga kirish vaqtida izolyatsiyaga joylandi. Mamlakatda ular bilan hech kim aloqada bo‘lmagan”, deb ma'lum qilgan markaz rahbari Chon Yen Ken.

Uning ta'kidlashicha, yangi shtammlarning yuqumliligi va patogenligi darajasini aniqlash uchun tajribalar o‘tkazish zarur. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid