Jahon | 16:34 / 17.08.2020
6198
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Italiya diskotekalarni yopmoqda

Ushbu cheklov choralari kamida 7 sentyabrgacha davom etadi.

Foto: Picture Alliance

Yoshlar orasida koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligi sababli Italiya hukumati 17 avgustdan mamlakatdagi barcha diskotekalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Italiya sog‘liqni saqlash vaziri  Roberto Speransning so‘zlariga ko‘ra, ushbu cheklov choralari kamida 7 sentyabrgacha davom etadi.

 Bundan tashqari, mamlakatda yoshlar gavjum bo‘ladigan joylarda hamda qahvaxona va restoranlarda soat 18.00 dan 6.00 gacha niqob taqish majburiy etib belgilandi.

Keyingi paytda Italiyada niqobsiz va ijtimoiy masofaga rioya qilinmagan holda turli yig‘inlar o‘tkazilishi holatlari ko‘paygani aytilmoqda. Ekspertlarning fikricha, vaziyat ana shunday davom etadigan bo‘lsa, 14 sentyarda boshlanishi mo‘ljallangan yangi o‘quv yili xavf ostida qolishi mumkin.

O‘z navbatida diskotekalar egalari agarda ishlashdan to‘xtashsa ko‘p milliardlik zararga duch kelishlari mumkinligini aytishmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyadja koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 254 mingta holat qayd etilgan. Oxirgi 24 soat ichida 479 kishida kasallik aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus tashxisi tasdiqlangan 35 400 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid